O‘zbekiston | 17:36 / 14.10.2020
12326
1 daqiqa o‘qiladi

Viloyat hokimi Sardoba toshqini jabrlanuvchilari uy ololmasa, qayerga murojaat qilishi kerakligini aytdi

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Sardoba toshqini tufayli uysiz qolgan fuqarolar uy ololmasa, kimga murojaat qilishi lozimligi haqidagi savolga javob berdi.

«Bu masala bo‘yicha aniq strategiyaga egamiz. Bu uylardan tashqari, eski kolxoz idoralari, mashina-traktor parklari bo‘lgan uylarni ta'mirlab, 60ga yaqin xonadonni ta'minlaydigan bir xonali uy qilib ta'mirladik. Bu — zaxira.

Qolaversa, bu yerda 38ta ikki qavatli uylar talafot ko‘rgan edi. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, ularni ham yangi uylardan qolishmaydigan qilib ta'mirlayapmiz. Bir paytlar bu yerda bir qavatli qilib yotoqxona shaklda qurilgan uylar ham ta'mirlanyapti.

Har bir bitta tuman hokimligida uylarni egalariga berish bo‘yicha komissiyalar ishlayapti. Ana shu komissiyalarga murojaat qilinsa, o‘rganib chiqamiz va albatta, uy bilan ta'minlaymiz», dedi viloyat hokimi.

Mavzuga oid