O‘zbekiston | 14:59 / 07.12.2020
5605
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli o‘z vazifasini bajarishga kirishdi

O‘zbekistonning Istanbuldagi (Turkiya) bosh konsuli etib tayinlangan Amirsaid A'zamxo‘jayev o‘z vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

O‘zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, A. A'zamxo‘jayev Bosh konsulxona rahbari sifatida Turkiya tashqi ishlar vazirligining konsullik ekzekvaturasini olgan.

Yangi bosh konsul 35 yoshda, Toshkent shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentida va Istanbulda konsul bo‘lib ishlagan.

 

Mavzuga oid