Xitoy AQSh rasmiylarining Hongkongga kirishini cheklab qo‘ydi
Xitoy amerikalik ayrim rasmiy shaxslar va boshqalarning Hongkongga kirishlarini cheklab qo‘ydi. Bu AQSh hukumatining xitoyliklarga nisbatan qilgan ayni ishiga javob bo‘ldi.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chunyingning aytishicha, AQShning diplomatik pasporti egalari Hongkong va Makaoga vizasiz kirish huquqidan hozircha foydalana olishmaydi.
AQSh hukumati rasmiylari, Kongress xodimlari, nodavlat tashkilotlar ishchilari va ularning oila a'zolariga nisbatan javob sanksiyalari qo‘llanadi. AQSh Hongkongdan Xitoyning ichki ishlariga aralashish va uning manfaatlariga ziyon keltirishda instrument sifatida foydalanmoqda. Sanksiyaga tushganlar Hongkong masalasiga faol aralashgan va birlamchi javobgar shaxslardir.
«Xitoy AQShdan yana bir bor Hongkongda bo‘layotgan ishlarga aralashishni zudlik bilan to‘xtatishni, Xitoyning ichki ishlariga burun suqishni va noto‘g‘ri hamda xavfli bo‘lgan bu yo‘ldan qaytishni talab qiladi», degan Xua.
Xitoy AQSh sanksiyalari va boshqa ishlariga javob berilishi bilan tahdid qilgandi.
«Sinxua» axborot agentligida Tramp ma'muriyati Xitoy va uning rasmiylariga qarshi chora ko‘rayotib, AQShning bo‘lajak ma'muriyatining Xitoy bilan munosabatlariga «choh qaziyotgani» haqida aytilgandi.
«Hukmron Kommunistik partiyaning 92 million a'zosi va ularning oilalariga viza cheklovlarini belgilab, Xitoy-AQSh munosabatlaridan o‘z siyosiy maqsadlari yo‘lida foydalangan anti-Xitoy kuchlarining g‘arazli niyatlarini fosh qilib qo‘ydi», deyilgandi agentlik xabarida.
O‘tgan hafta AQSh davlat departamenti 10 yillik vizalarni bir oyga qisqartirishi amaldagi ma'muriyatning qat'iy pozitsiyada turib olganiga bir misol. Bu Xitoy va Hongkong rasmiylariga ularning Hongkong va Shinjondagi xatti-harakatlari uchun qo‘llangan sanksiyalardan keyin bo‘ldi.
AQShning yangi saylangan prezidenti Bayden Xitoyga bosim qilishda davom etishga ishora qilgan bo‘lsa-da, undan qarama-qarshilikdan qochiladigan, ko‘proq kelishuvga asoslangan diplomatiya yuritishi kutilayotgandi.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyni Tayvan, Tibet, Hongkong, Shinjon va Janubiy Xitoy dengizidagi olib borayotgan siyosati uchun «jazolagan». Xitoylik o‘nlab rasmiylar vizalari bekor qilinib mamlakatdan chiqarib yuborildi, xitoylik diplomatlar, jurnalistlar va olimlarga nisbatan yangi sanksiya va cheklovlar joriy qilindi. Xitoyning texnologik giganti «Xuavey» AQSh bozoridan badarg‘a qilindi. Undan tashqari, AQSh boshqa mamlakatlarni ham shunday qilishga targ‘ib qildi va qisman maqsadiga erishdi.
Xitoy tomoni 20 yanvarda prezidentlik vakolatlarini bajarishga kirishadigan Jo Bayden o‘zaro aloqalarni yaxshilashiga umid qilmoqda.
«Bugungi kunda Xitoy va AQSh ixtiloflarsiz, qarama-qarshiliklarsiz, o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorlik qilishlari lozim. Har ikki davlat ham kuchliroq Xitoy-AQSh munosabatlarini kun tartibiga olib chiqishlari lozim», deyilgan «Sinxua»da e'lon qilingan munosabatda.
Mavzuga oid
10:19 / 20.12.2024
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida o‘zaro vizasiz tartib o‘rnatish masalasi muhokama qilinmoqda
23:51 / 10.12.2024
Xitoy «Hongkong ishiga aloqador» AQSh fuqarolariga viza berishni chekladi
17:40 / 03.12.2024
Hongkongda 2,5 ming panda haykallaridan iborat ko‘rgazma o‘tkazilmoqda
11:58 / 12.11.2024