Samarqandda giyohvand moddalarni noqonuniy saqlayotgan va sotayotgan bir qancha shaxslar aniqlandi
Samarqand viloyati IIB tomonidan ayni kunlarda «Zarbdor oyligi» o‘tkazilmoqda. Viloyat IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, tadbirlar davomida viloyatning turli hududlarida noqonuniy tarzda giyohvand moddalar saqlab kelayotgan bir qancha shaxslar aniqlangan. Bir fuqaro ov qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan.
Jumladan, olib borilgan tintuv tergov harakatlari davomida, Ishtixon tumani Boytuvi mahallasida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan Q.B. ning yashash uyidagi daraxt shoxlari orasidan og‘irligi 100 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi topilgan;
Ishtixon tumani Dexqonobod mahallasida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan M.X. ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklarida o‘tkazilgan tintuvda, oshxonasidagi o‘choq ichidan hamda tovuqxonasining ustidan taxminiy og‘irligi 1 kg bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi topilgan;
Ishtixon tumani Chaqar qishlog‘ida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan U.A. ning yashash manzili tintuv qilinganida, uyidagi shkaf ichida bo‘lgan kiyimlarining cho‘ntagidan taxminan 30 gramm marixuana giyohvandlik vositasi topilgan va xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Bundan tashqari, 22 fevral kuni Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan Urgut shahri hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1956 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, Urgut tumani Mozortepa mahallasida yashovchi, B.U. va Urgut tumani Kamardon mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan, U.J. lar 1 million 700 ming so‘mga geroin giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, tadbirlar davomida Oqdaryo tumani Sulton qishlog‘ida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan E.D. marhum bobosidan qolgan 16 kalibrli, bir ko‘zli, №S20516 raqamli ov qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan. Ma'lum bo‘lishicha u qurolni yashash uyining yerto‘lasida ta'mirlash ishlarini olib borayotganda topib olgan. Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy hal qilishlik uchun Oqdaryo tuman IIBga topshirilgan.
Ma'lumot uchun, Samarqand viloyati hokimligi hamda viloyat huquqni muhofaza qilish organlarining qo‘shma farmoyishiga asosan, viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida, «Zarbdor oyligi» e'lon qilingan.
Ta'kidlanishicha, «Zarbdor oyligi» viloyatdagi hududlarni kriminogen vaziyatiga qarab toifalarga ajratish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, voyaga yetmaganlar, yoshlar orasida psixotrop moddalarning tarqalishi hamda foxishaxonalar faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha reyd tadbirlari tashkillashtirishni nazarda tutadi.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024