Dong‘i dunyoga doston shahar – Dubay. Amirliklardan Kun.uz fotojamlanmasi
Kun.uz ijodiy jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida ijodiy safarda bo‘lib qaytdi. Safarimiz davomida qator jurnalistik materiallar tayyorlash bilan birga, mamlakatning eng yirik shahri – Dubay va boshqa amirliklar manzaralarini ham kamera obektiviga muhrladik.
Bir necha o‘n yil ichida sahro ichidan ko‘kka bo‘y cho‘zgan Dubay bugun G‘arbiy Osiyodagi eng yirik biznes xab maqomiga da'vo qiladi.
Neft daromadidan gullagan, qariyb 3,5 million aholiga ega megapolis iqtisodiyotining asosida bugungi kunda xalqaro savdo, turizm, aviatsiya, ko‘chmas mulk va moliyaviy xizmatlar kabi sohalar yotadi.
Osmono‘par binolari, sohilbo‘yi dam olish maskanlari, ko‘ngilochar va savdo markazlari, xavfsizligi va boshqa qator omillar hisobiga Dubay har yili millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. 2020 yil pandemiya kuzatilganini hisobga olib, 2019 yilgi ma'lumotlarga yuzlansak, Dubay – eng ko‘p xorijlik tashrif buyuruvchi dunyodagi top-7 shahardan biri.
Yetti amirlikdan iborat mamlakatda aholining aksar qismi – muhojirlar. Ammo ular yashovchi tumanlarda har doim ham dabdabani uchratavermaysiz. Shu va boshqa jihatlar bilan jonli fotojamlanmamizda tanishing.
Kun.uz fotomuxbirlari:
Muhammadjon G‘aniyev,
Nuriddin Nursaidov.
Mavzuga oid
15:44 / 06.12.2024
BAAda yana 9 o‘zbekistonlik ushlandi. Ular bilan 11 kundan buyon hech kim ko‘risha olmayapti
22:30 / 05.12.2024
Dubayda «nindzya» emojisini yuborgan irlandiyalik erkak bir necha yilga qamalishi mumkin
22:46 / 28.11.2024
Dubayda suzib yuruvchi politsiya uchastkasi ish boshlaydi
01:49 / 26.11.2024