Jamiyat | 17:03 / 26.03.2021
2346
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shko‘pir tumanida sport maktabini ta'mirlashdagi talon-torojliklar fosh etildi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda juda katta miqdordagi talon-torojlik holati aniqlandi.

Jumladan, bolalar va o‘smirlar sport maktabida amalga oshirilgan joriy ta'mirlash ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat o‘lchovida «A.G’.» xususiy korxonasi va maktab mansabdor shaxslari hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 396,2 mln so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Holat yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid