Samarqandda ushlab qolingan sher bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga olib kelindi
27 mart kuni Samarqand shahrida noqonuniy olib ketilayotganda ushlab qolingan sher bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga olib kelindi. Ma'lum bo‘lishicha, Afrika sherining sog‘ligida muammolar bor.
Mushuksimonlar oilasiga mansub Afrika sherining bolasi taxminan bir yoshda bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan sog‘lom ko‘rinsa-da, uning chap old oyog‘i singani, chap orqa oyog‘ida jarohat borligi va chap ko‘ziga parda tushgani aniqlangan.
«Hozirda jonivorning sog‘lig‘ini tiklash hamda sharoitga moslashtirish choralari ko‘rilmoqda», – deyiladi Ekopartiya matbuot xizmati Kun.uz'ga taqdim etgan axborotda.
Eslatib o‘tamiz, 27 mart kuni Samarqand viloyati Ekologiya qo‘mitasi va viloyat IIB hamkorligida o‘tkazilayotgan reyd davomida Samarqanddagi «Yuqori nuqta» YRX maskanida «Neksiya» avtomobili to‘xtatilgan. Qashqadaryodan Andijonga tomon harakatlanayotgan bu mashina saloni ko‘zdan kechirilganda, unda sher bolasi borligi ma'lum bo‘ladi.
Haydovchidan jonivorni boqish va saqlash uchun hujjatlar so‘ralganda, u turli bahonalar bilan sher bolasini tashlab qochib ketgan. Sher bolasi YPX maskanida olib qolingan va holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Toshkentdagi zooparkka olib kelingunga qadar sher Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasida saqlangan.
Keyingi tezkor tadbirlar davomida haydovchi ushlangan va ayni paytda dastlabki surishtiruvlar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta parlamentda jonivorlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash masalasi muhokama qilingandi.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
23:58 / 17.12.2024
Parkentda sherlar hujumi oqibatida qorovul halok bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:25 / 17.12.2024