Jamiyat | 11:59 / 31.03.2021
17880
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda «Jyentra» qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib «avariya» sodir etdi. Ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi

Samarqand viloyati Urgut tumanida ayanchli yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. «Jyentra» avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, ro‘paradan kelayotgan «Kobalt» bilan to‘qnashgan. Oqibatda ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Xabarda ma'lum qilinishicha, 2021 yil 29 mart kuni kech soat 19:00 larda M39 Almati—Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Urgut tumanidan o‘tuvchi 1103-kilometrida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Samarqand—Qarshi yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan davlat raqami 30 U 677 YeA bo‘lgan «Jyentra» avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan davlat raqami 70 M 795 NA bo‘lgan «Kobalt» avtomashinasiga borib urilgan.

To‘qnashuv oqibatida har ikki avtomashinaning old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxslar vafot etgan. Haydovchilar esa turli tan jarohatlari bilan Urgut tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur YTH yuzasidan Urgut tuman IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv olib borilmoqda.

 

Mavzuga oid