Jamiyat | 14:05 / 03.04.2021
1845
2 daqiqa o‘qiladi

Alimentni o‘z vaqtida to‘lamagan andijonlik ikki nafar otaga qamoq jazosi tayinlandi

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi ikki nafar otaga farzandi uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan alimentni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda viloyat MIB xabar bermoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor S.A hisobidan undiruvchi X.U foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun oylik topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Fuqaro S.A.ning voyaga yetmagan farzandini moddiy ta'minlashdan qasddan bo‘yin tovlab kelishi 17 mln. 178 ming so‘m alimentdan qarzdorlik yig‘ilishiga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, sudning qaroriga asosan T.A voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun undiruvchi I.N.ga shu kunga qadar 19 mln. so‘m miqdordagi aliment pullarini to‘lamasdan kelgan. 

Shu kabi, fuqaro T.L esa voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy ta'minotidan qasddan bo‘yin tovlab, jami 13 mln. 139 ming so‘m miqdordagi aliment pullarini to‘lamasdan kelgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudi tomonidan yuqoridagi mas'uliyatsiz otalar O‘zbekiston Respublikasi “Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 47-4-moddasi bilan javobgarlikka tortilib, sud qarori bilan ularga 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mavzuga oid