O‘zbekiston | 19:56 / 08.04.2021
8064
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda uch kun davomida banklar va mobil ilovalar orqali ma'muriy jarimalarni to‘lash imkoni bo‘lmaydi

9-11 aprel kunlari texnik ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar qabul qilinmaydi.

Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, Ichki ishlar vazirligi Markaziy bank tijorat banklari va to‘lov tashkilotlarini 9—11 aprel kunlari ushbu turdagi to‘lovlar qabul qilinmasligi yuzasidan ogohlantirgan.

«Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 2 apreldagi 7/7-1009-sonli xatida joriy yil 9—12 aprel kunlari o‘zining «E-ma’muriy ish» axborot tizimini «Elektron hukumat»ning yagona billing tizimiga integratsiya qilishi sababli vazirlikning ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma'lumotlar hisobi yuritiladigan «Yagona markazlashgan axborot tizimi» ish faoliyati to‘xtatilishi ma'lum qilingan», — deyiladi Markaziy bankning barcha tijorat banklariga yuborgan xatida.

Shuningdek, xatda xizmatlar yetkazib beruvchisiga ma'muriy huquqbuzarliklar uchun jarima to‘lovlari qabul qilinmasligi, 12 apreldan boshlab mazkur turdagi to‘lovlar yagona billing tizimi orqali qabul qilinishi ma'lum qilingan.

Ma'lum qilinishicha, texnik ishlar vaqtida — joriy yilning 9—11 aprel kunlari Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring (MUNIS) tizimi orqali «0210-MVD oplata shtrafov» xizmatlar yetkazib beruvchisiga ma'muriy huquqbuzarliklar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarima to‘lovlari qabul qilinmaydi.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi dyhxx.ejarima.uz tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish ishlari amalga oshirilishi sababli tizim 2021 yil 7 aprel kuni soat 22:00dan 11 aprel kuni soat 16:00ga qadar vaqtincha ishlamasligini ma'lum qildi.

Mavzuga oid