O‘zbekiston | 08:12 / 21.04.2021
2427
2 daqiqa o‘qiladi

Piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan «MAN» haydovchisi ushlandi

Joriy yil 18 aprel kuni soat 03:30 larda, Pop tumani Toshkent—O‘sh yo‘lining 284-kilometrida, «Qo‘shminor» MFY hududida, noma'lum avtomashina haydovchisi avtomashinasini Toshkent—Vodiy yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha viloyat hududida «To‘sib ushlash» maxsus rejasi harakatga keltirilib, viloyat IIB JQB, YHXB va tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etgani aniqlangan. Haydovchi «MAN» rusumli yuk avtomashinasini boshqarib borayotib, piyodani urib yuborgan, uning hayotini xavf ostida qoldirib, hodisa joyidan ketib qolgani aniqlangan. Avtomashina jarima maydoniga tortilib, tegishli ko‘rgazmalar olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid