O‘zbekiston | 13:59 / 26.04.2021
2822
1 daqiqa o‘qiladi

Boysundagi suv tarmog‘i qurilishida 77 mln so‘m talon-taroj qilindi

Foto: KUN.UZ

Boysun tumanining  Boshrabot mahallasida Obod qishloq davlat dasturi amalga oshirilayotgandi.

Mahallaga ichimlik suvi tarmog‘i qurish loyihasini “F.” xususiy firmasi bajardi. 

Departamentining Boysun tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, suv tarmog‘i loyihasini amalga oshirishda kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

Firma rahbari ichimlik suvi tarmog‘ining qurilishida 77,2 mln so‘mlik qurilish ishlarni qo‘shib yozib, budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.R. va boshqalarga nisbatan JKning 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid