Andijondagi 1xbet noqonuniy reklama bannerlari olib tashlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan surishtiruv o‘tkazilmoqda
Bugun, 30 aprel kuni Kun.uz saytida «Qimor qachondan ochiqchasiga reklama qilinadigan bo‘lib qoldi?» nomli maqola e'lon qilinib, unda viloyatda bukmeykerlik idoralari ochiqcha faoliyat yuritayotgani, ko‘chada reklamalari joylashtirilgani ta'kidlangandi.
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi ushbu maqolaga tezkor munosabat bildirib, agentlik tomonidan shahar va tumanlar hududlarida doimiy olib borilayotgan kuzatuvlar davomida qonun hujjatlariga zid ravishda joylashtirilayotgan tashqi reklamalar, shu jumladan 1XBET bukmeykerlik kompaniyasi qimor o‘yinlari reklamalari bartaraf etilayotganini bildirdi.
Xususan, 1XBET bukmeykerlik kompaniyasi qimor o‘yinlari reklamasi qonun hujjatlariga zid ravishda joylashtirilganligi bo‘yicha Agentlik tomonidan 26 ta holat aniqlangan va barcha qonunbuzarliklar joyida bartaraf etilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, maqolada aytilgan Xo‘jaobod tumani markazidagi buyum bozori va dehqon bozori o‘rtasidagi joyda 1XBET bukmeykerlik shoxobchasida qimor o‘yinlari reklamasi mavjudligi aniqlangan va noqonuniy reklama bartaraf etilgan.
Aytish lozimki, noqonuniy reklamalarga chek qo‘yilgani – bu qilinishi lozim bo‘lgan ishning bir qismi. Qolgan qismi esa qonunbuzarlarga tegishli choralar ko‘rishdan iboratdir.
Ayni vaqtda ushbu o‘yin xonalarini tashkil etgan shaxslarning xatti-harakatlari ustidan ichki ishlar organlari surishtiruv olib bormoqda.
Shuningdek, Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati maqolada keltirilgan holat bo‘yicha munosabat bildirib, holat viloyat hokimligi hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilayotganini, o‘rganish yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024