O‘zbekiston | 07:18 / 04.05.2021
1879
2 daqiqa o‘qiladi
Samarqandda fuqarolik sudlariga eng ko‘p qaysi yo‘nalishda arizalar tushgani ma'lum bo‘ldi
2021 yilning dastlabki uch oyida Samarqand viloyatidagi fuqarolik sudlari tomonidan 2842ta oilaviy nizo ko‘rib chiqilgan. Bu haqda xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida ma'lum qilingan.
Ma'lum bo‘lishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 600taga ko‘p.
Qayd etilishicha, fuqarolik sudlari tomonidan eng ko‘p ish ko‘rilgan sohalardan yana biri mulk huquqi bilan bog‘liq. Bu masalada sud 1052ta ishni ko‘rib chiqqan.
Shuningdek, mazkur davrda:
- mehnat nizolari bilan bog‘liq — 108ta (o‘tgan yili 52ta);
- uy-joy nizolari bilan bog‘liq — 238ta (o‘tgan yili 198ta);
- kommunal xizmatlardan qarzdorlik — 105ta;
- yer nizolari bilan bog‘liq 165ta ish ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024