Jahon | 21:28 / 24.05.2021
6605
2 daqiqa o‘qiladi

Everestda kamida 100 kishi koronavirus yuqtirib oldi

Foto: Prakash Mathema/AFP/Getty Images

Everestning tayanch bazasida koronavirus bilan ommaviy kasallanish qayd etildi. Kamida 100 kishi – alpinistlar va yordamchi xodimlar koronavirusga chalingan. Bu haqda Avstriya ekspeditsiyasi rahbari Lukas Furtenbaxga tayanib The Guardian nashri xabar berdi.

Furtenbaxning aytishicha, guruhidagi 7 kishida koronavirusga test musbat chiqqandan keyin u o‘z ekspeditsiyasining dunyodagi eng baland tog‘ga chiqishini to‘xtatib qo‘ygan. Uning ta'kidlashicha, barcha holatlar hisobga olinsa, virusga chalinganlar soni 150–200 nafarni tashkil qilayotgan bo‘lishi mumkin.

Biroq Nepal hukumati Everestda ommaviy kasallanish yuz berganini rasman tan olmayapti.

Ushbu mavsumda Everestga ko‘tarilishga 408 nafar xorijiy alpinist ruxsat olgan. Ularga bir necha yuz mahalliy sherplar va yordamchi xodimlar ko‘mak ko‘rsatmoqda. Ular aprel oyidan beri tayanch lagerida qolmoqdalar.

 Hozirda Everest joylashgan Nepalda virus rekord sur'atlar bilan tarqalmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, 21 mayda mamlakatda 8607ta yangi kasallanish holati va 177ta o‘lim qayd qilingan.

Aprel oxirida Everestda birinchi kasallanish holati qayd qilingan. O‘shanda virus norvegiyalik alpinist Erlend Nessda aniqlangan. U o‘zini 6 kun betob his qilgandan keyin vertolyotda evakuatsiya qilingan.

Mavzuga oid