Jamiyat | 10:39 / 15.06.2021
39251
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda ham qo‘ylar hokimiyat binosi oldiga haydab kelindi

«Mubosher Laziz Azizbek fayz» MChJga tegishli bo‘lgan qo‘ylar Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi binosiga haydab kelindi.

Ma'lum bo‘lishicha, tuman hokimligi tomonidan ozuqa yetishtirish uchun yer ajratilmagani sababli cho‘ponlar shunday qarorga kelishgan.

Avvalroq Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimligi binosi oldiga 1,5 mingga yaqin qo‘y suruvi haydab kelinishi ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv ko‘targandi.

Mavzuga oid