Samarqandda Isuzu avtobusi va Damas to‘qnashdi. Ikki kishi vafot etdi
Samarqand viloyati Payariq tumanida Isuzu avtobusi va Damas o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda ikki kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 1 iyul kuni soat 12:00 larda, davlat ahamiyatidagi 4R-48 avtomobil yo‘lining Payariq tumani «Eshimoqsoq» MFY hududidan o‘tuvchi 26-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
O‘z yo‘lida kelayotgan, «Jizzax-Gagarin-Samarqand-Payariq» yo‘nalishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi Isuzu avtobusining yo‘liga, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Damas mashinasi chiqib ketib, to‘qnashuv sodir etgan. Oqibatda, Damas ichida bo‘lgan ikki nafar fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida Damas batamom yaroqsiz holga kelgan. Avtobus ag‘darilib ketib, jiddiy shikastlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024