Samarqandda ayolning uyi tortib olingani aytilgan xabarga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida yashovchi S. Shoxo‘jayevaning uyi tortib olingani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi axborot xizmati mazkur holat yuzasidan ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro D.S. 1998 yilda turmush o‘rtog‘i Z.H.ning roziligini olmasdan, shartnomaga asosan, Samarqand shahar, Labig‘or ko‘chasi, 1-yo‘lak 1-sonli uy-joyni S.Shoxo‘jayevaga sotgan. Sobiq Siyob tuman sudining 1999 yilgi qarori bilan ushbu shartnoma haqiqiy emas, deb topilib, Z.H. va 3 nafar farzandlari nizoli uyga kiritilgan.
Fuqaro S.Shoxo‘jayeva sudning yuqoridagi qaroriga shikoyat qilish muddati o‘tganligi sababli viloyat prokuraturasi tomonidan Fuqarolik protsessual kodeksining 405-1-moddasi 1 va 2-bandlaridan kelib chiqqan holda, unga iltimosnoma bilan Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'atiga murojaat qilishi lozimligi tushuntirilgan. Bu haqda 2021 yil 28 may kuni batafsil javob xati yuborilgan.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024