O‘zbekiston | 10:02 / 16.07.2021
2749
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga SChR xizmati uchun pul mablag‘i o‘tkazib berildi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar mahkamasi qarori bilan Sirdaryo viloyatida «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ularning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tashlari uchun pul mablag‘lari o‘tkazib berildi. Bu haqda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Akram Muydinov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Jumladan, hozirgi kunga qadar Boyovut tumanidan 20 nafar, Guliston tumanidan 19 nafar va Sardoba tumanidan 5 nafar SChR xizmatiga jalb etilgan fuqarolarga pul mablag‘lari 100 foiz o‘tkazib berildi. Ushbu fuqarolar hozirda harbiy xizmatni o‘tamoqda.

Ma'lumot uchun, «bir oylik» harbiy xizmat uchun to‘lov miqdori 5 mln 253 ming 519 so‘mni tashkil etadi.

Mavzuga oid