Yevrokomissiya 10 ming yevrodan ortiq to‘lovni naqd pulda to‘lashni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
YeIning qator mamlakatlarida yirik to‘lovlarni naqd pulda amalga oshirish taqiqlangan normalar amal qiladi. Bunda limitlar turli davlatlarda bir-biridan farq qiladi. Masalan, Gretsiyada cheklangan summa 500 yevro bo‘lsa, Chexiyada 10,5 ming yevroni tashkil etadi.
Yevroittifoq mamlakatlarida naqd pulda 10 ming yevrodan ortiq to‘lov amalga oshirilishi taqiqlanishi mumkin. Pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashni kuchaytirish ko‘zda tutilgan tashabbuslarni tayyorlayotgan Yevrokomissiya ana shunday taklif bilan chiqdi.
«Pul yuvish fuqarolar, demokratik institutlar va moliya tizimlariga oshkora xavf soladi. Muammo ko‘lamiga e'tiborsiz bo‘lmaslik kerak, jinoyatchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan barcha yo‘llarni yopish kerak», — dedi moliyaviy barqarorlik va moliyaviy xizmatlar bo‘yicha yevrokomissar Meyrid MakGinness.
Ta'kidlanishicha, YeIning qator mamlakatlarida yirik to‘lovlarni naqd pulda amalga oshirish taqiqlangan normalar amal qiladi. Bunda limitlar turli davlatlarda bir-biridan farq qiladi. Masalan, Gretsiyada cheklangan summa 500 yevro bo‘lsa, Chexiyada 270 ming kronani (10,5 ming yevro) tashkil etadi.
Shu sababli Yevrokomissiya YeIning barcha mamlakatlari uchun 10 ming yevrodan ortiq to‘lovni naqd pulda to‘lashni taqiqlash taklifi bilan chiqdi.
Shu bilan birga, YeK anonim kriptohamyonlarni taqiqlashni taklif qildi.
Mavzuga oid
16:03 / 20.12.2024
YeIning 15 ta davlati suriyaliklarning boshpana so‘rovini ko‘rib chiqmayapti
13:52 / 19.12.2024
YeI sudi Deripaska va ikki bankni sanksiyalar ostida qoldirdi
15:20 / 18.12.2024
YeI Suriyadagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochishga tayyor
16:06 / 17.12.2024