O‘zbekiston | 08:56 / 29.07.2021
4204
2 daqiqa o‘qiladi

Sudoche ko‘lidagi qamishzor yonib ketdi

27 iyul kuni Sudoche ko‘lidagi qamishzor yonib ketdi. Bu haqda «Sudoche-Aqpetkey» davlat buyurtma qo‘riqxonasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan Sudoche ko‘li hududida 27 iyul kuni 15:00 lar atrofida yong‘in sodir bo‘lgan. Qo‘ng‘irot tuman inspeksiyasi va «Sudoche-Aqpetkey» davlat buyurtma qo‘riqxonasining davlat inspektorlari voqea joyiga yetib borgan.

Ta'kidlanishicha, yong‘in sodir bo‘lgan yerda qamish o‘sadi, holat ko‘l o‘rtasida sodir bo‘lgani sababli uni o‘chirishning iloji bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, yong‘in havo harorati anomal darajada keskin ko‘tarilib, qattiq isib ketishi sababli kelib chiqqan.

Ma'lumot uchun, 50 ming gektardan oshadigan Sudoche ko‘llar tizimida 240 ga yaqin turdagi minglab ko‘chmanchi va doimiy yashovchi qushlar mavjud. Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlaridagi Sudoche ko‘liga o‘xshash ko‘llarda har yili yong‘in sodir bo‘lib turadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Beruniyda reklama monitori yonib ketgandi. Avvalroq esa To‘rtko‘lda rezina ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgandi.

Mavzuga oid