Erdo‘g‘an Antaliya va yana to‘rt viloyatni falokat hududi deb e'lon qildi
Turkiya o‘rmon va qishloq xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirlining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hududida 28 iyuldan 31 iyulgacha 98ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan, ulardan 88tasini o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.
Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari iskanjasida qolgan viloyatlar falokat hududi deb e'lon qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘z Twitter sahifasida ma'lum qildi. Gap Antaliya, Adana, Mersin, Mug‘la va Usmoniya viloyatlari to‘g‘risida ketmoqda.
«Biz mamlakatimiz yarasini tuzatish va zararni qoplash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etamiz», — deb yozdi u.
Turkiya o‘rmon va qishloq xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirlining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hududida 28 iyuldan 31 iyulgacha 98ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan, ulardan 88tasini o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.
Erdo‘g‘anning vakili Ibrohim Qalin yong‘inlarni Turkiyaning milliy falokati deb atadi. U prokuratura yong‘inlarning kelib chiqish sababini o‘rganayotganini aytdi.
Yong‘inlar oqibatida Antaliya da uch, Marmarisda bir kishi halok bo‘lgan, 138 kishi shifoxonaga murojaat qilgan.
Mavzuga oid
00:45
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
17:52 / 17.12.2024
WSJ: AQSh Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda
18:39 / 14.12.2024
Turkiya AQShdan Gazprombankka qarshi sanksiyalarni yumshatishni so‘radi
18:23 / 09.12.2024