Abituriyentlar soni keskin kamaydi
OTMga o‘qishga kirish uchun 948 ming abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning 46 foizi sirtqi ta'limga hujjat topshirgan. O‘tgan yili oliygohga kirmoqchi bo‘lgan 1 mln 484 ming nafar abituriyent ro‘yxatga olingandi.
2021/22 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining bakalavriat yo‘nalishlarida o‘qish uchun 948 211 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Davlat test markazi ma'lum qildi.
Bu yil abituriyentlar soni prognoz qilinganidan sezilarli kam. Joriy yil boshida DTM oliygohlarga kirish uchun 1 million 615 mingdan ortiq yoshlar hujjat topshirishini prognoz qilgandi.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yili bakalavriatda o‘qishga da'vogar sifatida 1 484 085 kishi ro‘yxatga olingandi.
Bu yil 948 211 nafar talabgor 157 755 ta o‘rin uchun kurashadi. Bir o‘ringa o‘rtacha 6 nafar abituriyent to‘g‘ri kelmoqda. Imtihonlar 5 avgustdan boshlanadi.
Abituriyentlarning ta'lim shakllari bo‘yicha soni quyidagicha:
- Kunduzgi ta'lim shakli – 479 627 nafar (kvota: 113 530; konkurs: 4,2);
- Sirtqi ta'lim shakli – 435 995 nafar (kvota: 37 675; konkurs: 11,5);
- Kechki ta'lim shakli – 32 589 nafar (kvota: 6 550; konkurs: 4,9).
Tillar kesimida:
- O‘zbek tili – 804 660 nafar;
- Rus tili – 109 232 nafar;
- Qoraqalpoq tili – 31 462 nafar;
- Boshqa tillar – 2 857 nafar.
Bu statistika yakuniy bo‘lib, unga test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan, ta'lim yo‘nalishlarini tanlamagan, tekshirishlar natijasiga ko‘ra hali maktabni tamomlamaganligi aniqlangan abituriyentlar kiritilmagan.
Davlat test markazi ro‘yxatga olingan abituriyentlar soniga oid OTMlar kesimidagi ma'lumotlarni ham taqdim etdi.
Mavzuga oid
13:27 / 14.12.2024
O‘zbekistonlik yoshlarning IELTS'dagi natijalari sezilarli yaxshilandi
18:19 / 07.12.2024
Yoshlarga Work & Travel dasturlari xarajatlari uchun ssuda ajratiladi
10:11 / 28.11.2024
O‘zbekiston aholisi har yili 700 mingdan ortiq kishiga oshmoqda
15:32 / 22.11.2024