Samarqandda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan asossiz undirilgan 825 million so‘m xorijiy korxonaga qaytarildi
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan xorijiy korxonadan asossiz ravishda 825 million so‘m undirilgan. Bu haqda bugun 4 avgust kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Manzura Hasanova qo‘mita faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ma'lumot berganda ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi Bulung‘ur tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2020 yil dekabr oyida o‘tkazilgan o‘rganishda shu tumanda joylashgan «Xitoy Beshbarmoq qurilish materiallari» MChJ xorijiy korxonasining elektr energiyasiga ulanish sxemalari noto‘g‘riligi aniqlangan. So‘ng dalolatnoma asosida 1 milliard 215 million so‘mlik to‘lovlar hisoblangan.
Mazkur qarzdan norozi bo‘lgan korxona mutasaddilari Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasining Samarqand hududiy boshqarmasiga MChJga asossiz to‘lovlar hisoblangani haqida murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, murojaatda keltirilgan holatlar Samarqand hududiy boshqarmasi hodimlari va «O‘zenergoinspeksiya» Samarqand viloyat bo‘limi bilan birgalikda o‘rganilgan. O‘rganishlar natijasida, «Samarqand HETK» AJ tarkibidagi Bulung‘ur tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qayta hisob-kitob dalolatnomasi asosida xorijiy korxonaga hisoblangan 1 milliard 215 million so‘mlik to‘lov summasining 825 million 498 ming so‘mi asossiz hisoblangani aniqlangan. Ushbu asossiz hisoblangan to‘lovlar «Xitoy Beshbarmoq qurilish materiallar» MChJ xorijiy korxonasi foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.
Ta'kidlanishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga joriy yilning birinchi yarmida jami 25 711 ta murojaat kelib tushgan. Shulardan 14 177 tasi qanoatlantirilgan. 5 849 tasiga tegishli tushuntirishlar berilgan, 28 tasi rad etilgan. 39 tasi tegishli sabablarga ko‘ra ko‘rilmasdan qoldirilgan. 524 tasi Qo‘mita vakolatiga kirmaganligi bois qo‘rib chiqish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborilgan. Qolgan 1953 tasi ayni paytda ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024