Jamiyat | 17:04 / 07.08.2021
9132
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon – koronavirusga qarshi 1 mln doza vaksina qo‘llangan uchinchi viloyat bo‘ldi

6 avgust kuni Andijon viloyatida fuqarolarni koronovirusga qarshi emlash bo‘yicha 1 mln dozalik nuqtadan o‘tildi.

Andijon viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, viloyatning Ulug‘nor, Oltinko‘l va Xo‘jaobod tumanlarida emlash nisbatan faol olib borilmoqda.

Viloyat bo‘ylab kuniga 40-50 ming dozadan vaksinatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Respublika miqyosida olganda, Andijon viloyati vaksinatsiya darajasi bo‘yicha Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan keyin 3-o‘rinda turibdi.

Mavzuga oid