Surxondaryoda savdo do‘konidan oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida savdo do‘konidan oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 23 iyul kuni, Termiz tumani Sh.Rashidov mahallasida yashovchi, tadbirkor O‘.Mansur IIVning virtual qabulxonasiga murojaat qilgan. U o‘z murojaatida, joriy yil 22 iyuldan 23 iyulga o‘tar tunda, tumanning Sh.Rashidov mahallasida joylashgan savdo do‘konidan 5,6 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Qayd etilishicha, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘rilikni tumanning Sh.Rashidov mahallasida yashovchi, E.Javohir sodir etgani aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalillar olingan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan 26 iyul kuni E.Javohirga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
18:19 / 13.01.2025
Pop tumani hokimining o‘g‘irlik qilgan o‘g‘lini qamoqdan ozod qilgan sudya “Ibratli sudya” deb topildi
11:18 / 13.01.2025
Surxondaryoda Afg‘onistonga eksport qilingan unni sotib, pulini onlayn qimorga tikib yuborgan haydovchi 3 yilga qamaldi
17:44 / 06.01.2025
Denovda ko‘prik ochilishiga bag‘ishlangan tadbirga yupun kiyimdagi o‘quvchilar jalb qilindi
19:19 / 01.01.2025