Sudan sobiq prezident Umar al-Bashirni Xalqaro jinoyat sudiga topshirishga qaror qildi
Sudan hukumati mamlakatning sobiq prezidenti Umar al-Bashirni Xalqaro jinoyat sudiga topshirishga rozi bo‘ldi.
Xalqaro jinoyat sudi al-Bashirni Darfurdagi etnik ixtilof vaqtidagi genotsid, harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda. Sudan tashqi ishlar vaziri Maryam al-Mahdiy hukumat ushbu jinoyatlarga aloqador va qidiruvda bo‘lgan boshqa shaxslarni ham Haagadagi sudga topshirishga qaror qilganini ma'lum qilgan.
BMTning baholashicha, 2003 yildan 2006 yilgacha Darfurdagi ixtilofda 300 mingga yaqin odam halok bo‘lgan, 2,5 mlnga yaqin odam zo‘ravonlikdan qochib o‘z yashash joylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, al-Bashir Darfurga qo‘zg‘olonni bostirish uchun arab otliq otryadlarini jo‘natgan. Ular ommaviy qotilliklar sodir etgan, uylarga o‘t qo‘ygan va marodyorlik bilan shug‘ullangan.
77 yoshli Umar al-Bashir Sudanga 1989 yildan beri rahbarlik qilib kelgan va 2019 yilda ommaviy norozilik namoyishlaridan keyin hokimiyatdan ag‘darilgan.
BMT Xavfsizlik kengashi 2005 yilda Xalqaro jinoyat sudiga Darfurdagi jinoyatlarni tergov qilish vazifasini topshirgan. 2008 yilda sud al-Bashirni hibsga olishga order bergan va shu yildayoq u qidiruvga berilgan, biroq hanuzgacha javobgarlikka tortilmay kelayotgandi. Sobiq prezident hozirda Sudanda hibsda ushlab turilibdi.
Iyulda XJS Umar al-Bashir Darfurdagi voqealar bo‘yicha ilk sudlanuvchi bo‘lishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:51 / 19.12.2024
Sudan Rossiya harbiy-dengiz bazasini joylashtirishdan bosh tortdi
00:36 / 19.11.2024
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
14:30 / 04.11.2024
Sudanda vabo epidemiyasi 852 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
20:57 / 31.10.2024