O‘zbekiston | 08:49 / 13.08.2021
2694
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda sodir bo‘lgan janjalda sherigini o‘ldirib qo‘ygan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Samarqandda sodir bo‘lgan janjalda sherigini o‘ldirib qo‘ygan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 9 avgust kuni Oqdaryo tumani Pichoqchi mahallasida yashovchi I.Sh va Loyish shaharchasida yashovchi I.Z Samarqand shahridagi oshxonada ovqatlanib, buyurtmani hisob-kitob qilish jarayonida janjallashib qolgan. O‘rtada kelib chiqqan kelishmovchilikda I.Z fuqaro I.Sh ga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda fuqaro I.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, har ikki shaxs ovqatlanish davomida spirtli ichimliklar iste'mol qilgan va janjal kelib chiqqan paytda ularning ikkalasi ham mast holda bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid