O‘zbekiston | 09:39 / 17.08.2021
2315
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda talabaning o‘qishini Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

U yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishini Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini olganda ushlangan.

Fuqaro L.N. fuqaro M.ning Qirg‘iziston Respublikasi, Jalolobod shahridagi zamonaviy xalqaro universitetidagi o‘qishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Andijon davlat universitetining tijoratlashtirish bo‘limi inspektori o‘qishni ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan paytda ushlanganligi xabar qilingan edi.

Mavzuga oid