«Ikki kun kutib, qabuliga kira olmaganmiz». Prezident «Navoiyazot» faoliyatida yuz bergan holatlar haqida gapirdi
Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida hudud faollari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Prezident zavodning qishloq xo‘jaligi sohasida tutgan o‘rni haqida gapirar ekan, o‘zining hokimlik paytida olib borgan faoliyatida duch kelgan muammolar haqida gapirdi.
“Avgust oyida o‘g‘it berishning o‘zi xiyonat hisoblanadi. Lekin bir kilogramm ham azot yo‘q. Hammasi belgilangan tartibda, pul ham o‘tkazilgan, lekin o‘g‘it yo‘q.
Men Zominda tug‘ilganman, biz tomonda tandirni yaxshi qilishadi. Tandir, uch-to‘rt rahbarlarni yonimga olib, “Navoiyazot” direktorining qabuliga bordik. Qabulxonasiga zo‘rg‘a kirsak, u yerda rahmatli Yerniyozov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Musa Yerniyozov - tah.) o‘tiribdi. Kelganiga ikki kun bo‘lgan, lekin hali ham rahbar qabuliga kira olmagan. Kotibaga Qoraqalpog‘iston rahbari va Samarqand viloyati hokimi keldik. Bizni qabul qilsin, bo‘lmasa o‘zim kiraman desam: “Kechirasiz, rahbar orqa eshikdan chiqib ketganiga bir soat bo‘ldi”, degandi.
Meni taqdirim, armonlarim bu zavod. O‘z boshimdan o‘tgani uchun, bu zavod faoliyati yaxshilanishi kerakligi uchun qayg‘uraman. Yerga kerak, qishloq xo‘jaligiga kerak bu zavod”, dedi prezident.
Mavzuga oid
16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024