Paralimpiya chempioniga 2 xonali uy, murabbiyiga 50 million so‘m pul mukofoti, MMA o‘rta vazn toifasi chempioniga Gentra avtomobili - Andijonda sportchilar taqdirlandi
Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli maydonda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari va g‘olibini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tokio paralimpiadasi o‘yinlariga Andijon viloyatidan 6 nafar sportchi yo‘llanma olgan edi. Para yengil atletika musobaqasining F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Boburjon Omonov 14,06 metr natijani qayd etib, olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, yadro uloqtirish bo‘yicha paralimpiya rekordini yangiladi.
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tomonidan Boburjon Olimovga Andijon shahridan 2 xonali uy berildi. Shuningdek, uning murabbiyiga 50 million so‘m pul mukofoti topshirildi.
Bundan tashqari, Open FC 10 turnirida ishtirok etib, o‘rta vazn toifasi chempioniga aylangan Nursulton Ro‘ziboyevga Gentra avtomobili topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlarida 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 160 dan ziyod davlat orasida 16-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024