Jahon | 20:42 / 21.09.2021
5571
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda koronavirusdan ispan grippidan ko‘ra ko‘proq odam vafot etdi

AQShda koronavirus qurbonlari soni 1918 yildan 1920 yilgacha davom etgan ispan grippi pandemiyasi vaqtidagidan oshib ketdi. 

Foto: EPA

Financial Times nashrining xabar berishicha, AQShda koronavirus qurbonlari soni 675 mingdan oshdi. Bu taxminan, zamonaviy tarixdagi eng qirg‘inbarot pandemiya - ispan grippidan AQShda vafot etganlar soniga teng.

XX asr boshida “ispanka”dan o‘limlar hisobi aniq olib borilmagan, biroq taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra AQShda undan 675 ming kishi vafot etgan. Butun dunyo bo‘ylab esa ushbu kasallik 50 mlndan ko‘proq odamning “yostig‘ini quritgan”.

Ta'kidlanishicha, bu chegaradan AQShning janubiy, markaziy va g‘arbiy shtatlarida asosan emlanmaganlar orasida koronavirusdan og‘ir kasallanish holatlari ko‘payayotgan vaqtda o‘tildi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, “delta-shtamm” tarqalishi eng ko‘p jabr ko‘rgan shtatlardagi sog‘liqni saqlash tizimini tanazzulga uchratmoqda va AQShning iqtisodiy tiklanishini xavf ostiga qo‘ymoqda.

Ularning ta'kidlashicha, himoya niqoblari, emlash va qayta emlash borasidagi siyosiy ziddiyatlar pandemiyaga qarshi kurashni qiyinlashtirmoqda va uning cho‘zilishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid