O‘zbekiston | 10:15 / 23.10.2021
4285
2 daqiqa o‘qiladi

Aydarko‘lda noqonuniy baliq ovlagan kattaqo‘rg‘onlik shaxsga 17,5 million so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi

Foto: Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi

Aydarko‘lda noqonuniy baliq ovlagan kattaqo‘rg‘onlik shaxsga 17 million 550 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan. Unga nisbatan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan. Bu haqda Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat qilish bo‘yicha inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan Aydarko‘lda nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Foto: Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi

Tadbir davomida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi Q.A tomonidan Aydarko‘lning Nurota tumani «Boymurod» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi suv havzasidan hech qanday ruxsatsiz noqonuniy ravishda 3 dona zog‘ora, 62 dona oqsila baliqlarini ushlagani aniqlangan.

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan Q.A.ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 4-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, 17 million 550 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan. Huquqbuzarga nisbatan to‘plangan hujjatlar ma'muriy ishni ko‘rib chiqish uchun Nurota tumani jinoiy sudiga yuborilgan.

 

Mavzuga oid