«Bosh hakam «Andijon» g‘alaba qozonishi uchun ko‘p harakat qilishini oldindan sezib turgandim». Ro‘ziqul Berdiyev ham hakamlikni ochiqcha tanqid qildi
Superliga 23-turi doirasidagi «Andijon» - «Nasaf» (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev uchrashuv bosh hakami Aziz Asimov ochiqcha mezbonlarga yon bosgani, o‘yinni to‘xtatib unga nima degani va maydonning yomon holati haqida gapirdi.
«Bugun raqib bilan ham, maydon bilan ham ancha kurashdik. Raqib jamoa ko‘proq standart vaziyatlarga e'tibor berishini bilardik. Afsuski, birinchi golni standart vaziyatdan o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda gol urib, o‘yinga qaytdik.
Ikkinchi golni kiritganimizdan keyin bosh hakam nega golimizni bekor qilib, g‘alabadan mahrum qilganini bilmayman. Bosh hakam «Andijon» g‘alaba qozonishi uchun ko‘p harakat qilishini oldindan sezib turgandim. Buni amalda o‘zlaring ham ko‘rdinglar. Toza golimizni hisobga olmadi. O‘yin oxirida esa penalti belgilagan vaziyatda ham menimcha, penalti yo‘q edi. Penaltidan zarba yo‘llangach ham raqib futbolchisi o‘sha vaziyatda ofsayd holatida edi, hakam esa negadir penaltini qaytadan teptirdi. Hammasi hakamlarning vijdoniga havola.
O‘yinni to‘xtatib, hakamni o‘z oldimga chaqirganimda ham unga faqat bitta gapni aytdim. Bor narsani ber, to‘g‘ri hakamlik qil, dedim. Uni so‘kkanim yo‘q, haqorat qilganim yo‘q. Gol bo‘lsa hisobla, penalti bo‘lsa ber, deb golimizni bekor qilgani bo‘yicha e'tirozimni bildirdim. Biz yordam so‘ramayapmiz, raqib golini hisobga olmagin, penalti qo‘ymagan demayapmiz, boricha hakamlik qil deyapmiz. O‘zlaring aytinglar, golimizni bekor qilish uchun u qayerda o‘yin qoidasi buzilganini ko‘rdi? O‘yin oxirida esa penalti belgilaganidan keyin qanday e'tiroz bildirmasligim kerak?
O‘yin oxirigacha nimadir bo‘lishini sezgan edim. Yigitlarim ham yonimga kelib, bugun baribir yuta olmaymiz, deb aytishdi. O‘sha uchun ham bugun o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘ldim. Balki shu narsa kerakdir», - deya Ro‘ziqul Berdiyev co‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024