O‘zbekiston | 09:17 / 07.11.2021
4657
1 daqiqa o‘qiladi

«Vaqf» fondi Andijonda 30ta muhtoj oilaga elektr pech va tikuv mashinalari taqdim etdi

Kasb-hunarga ega ammo faoliyat yuritishi uchun asbob uskunasi yo‘q, nochor hamyurtlarimiz uchun «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan «Vaqf ko‘magi» loyihasi Andijon viloyatida davom ettirildi.

Foto: Kun.uz

Dastlab  Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida 20 va 40ta oilaga texnikalar berilgandi. 6 noyabr kuni Andijon viloyatida «Vaqf ko‘magi» xayriya tadbiri doirasida 30 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ijtimoiy foydali mehnatga bevosita jalb qilish orqali qo‘llab-quvvatlash maqsadida tikuv mashinasi va elektr pechlar taqdim etildi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan tikuv mashinalari va turli pishiriqlar pishirish uchun mo‘ljallangan pechlarni topshirish marosimida viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud Aliyev, «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari birinchi o‘rinbosari Muzaffar Salomov ishtirok etdi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Mavzuga oid