Jahon | 18:17 / 15.11.2021
3886
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung simsiz quloqchinlari allergiya keltirib chiqarayotgani aytilmoqda

Foydalanuvchilarning taxminlariga ko‘ra, bunga quloqchin korpusini tayyorlashda ishlatilgan akrilat va uni quvvatlaydigan kontaktlarning nikeldan tayyorlangani sabab bo‘lmoqda.

Foto: Samsung

Samsung simsiz quloqchinlari foydalanuvchilari quloqlarida muammolar paydo bo‘lganidan shikoyat qilmoqda, deb xabar berdi Sammobile portali.

Xabarda aytilishicha, ayrimlarda allergiya bilan birga yuqori harorat kuzatilgan, ayrimlar esa teri infeksiyasi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Foydalanuvchilarning taxminlariga ko‘ra, bunga quloqchin korpusini tayyorlashda ishlatilgan akrilat va uni quvvatlaydigan kontaktlarning nikeldan tayyorlangani sabab bo‘lmoqda.

Samsung jabrlangan foydalanuvchilarga Galaxy Buds Pro quloqchinlari uchun to‘lagan pullarini qaytarib berishni va tibbiy xarajatlarni qoplab berishni taklif qilgan.

Mavzuga oid