Navoiyda oltin qazib olish bilan shug‘ullangan guruhni qum bosib qoldi
Internetda Zarafshonda oltin qazish niyatida bo‘lgan o‘nlab kishilarni qum bosib qolgani haqida xabar tarqalgandi. Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, qurbonlar soni 4 nafarni tashkil etmoqda.
Navoiy viloyatida tarkibida oltin bo‘lgan rudani qazib olish jarayonida bir guruh fuqarolarni qum bosib qoldi. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga hududda shunday fojia ro‘y berganini va bu hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.
Ma'lum qilinishicha, voqea 13 noyabr kuni Konimex tumanining Karakata ovulida joylashgan Lolazor nomi bilan ataluvchi cho‘l hududida (Konimex tumani markazidan 250 km, Zarafshon shahri markazidan 60 km uzoqlikda) sodir bo‘lgan.
Tarkibida oltin bo‘lgan rudani qazib olish jarayonida bir guruh kishilar qum ostida qolgan. Oqibatda 4 kishi – Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashagan Shohrux Ahadov (23 yosh), Azmiddin Rahmonov (47 yosh), Bobomurod Hikmatullayev (28 yosh) hamda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida istiqomat qilgan O‘ktam Qodirov (33 yosh) voqea joyida vafot etgan.
Bundan avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Zarafshon shahri yaqinida oltin qazish niyatida bo‘lgan 40-50 kishini qum bosib qolgani haqida xabar tarqalgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, Navoiy viloyati FVBga hozircha bu hodisa haqida xabar kelib tushmagani, hozirda tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma'lum qilgandi.
- Qayd etish kerakki, bu Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazib olish chog‘ida insonlar halok bo‘lishi bilan bog‘liq ilk holat emas. 2021 yilning 12 iyun kuni Xatirchi tumanining Oqtepa mahallasida tashlandiq kondan oltin qazib olish niyatida bo‘lgan 4 kishi chiqindi gazdan bo‘g‘ilib, vafot etgandi.
Mavzuga oid
16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024