O‘zbekiston | 13:40 / 19.11.2021
1802
1 daqiqa o‘qiladi

To‘rtko‘lda ko‘l va yer ajratib berish evaziga 10 ming dollar talab qilgan fuqarolar ushlandi

To‘rtko‘l tumani "Oq-qamish" OFY "M-O" fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi fuqaro B. va buyruqsiz ishlayotgan fuqaro Q. o‘zaro til biriktirishgan.

Foto: Getty Images

Ular X.ning ishonchiga kirib, 3 ga baliq boqish uchun sun'iy ko‘l, uy qurish uchun yer va o‘zga fermer xo‘jaligidan 3 ga sholi ekish uchun yer ajratib berishni va'da qilgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston xabar agentligi xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, X.dan 108 mln (10 ming AQSh dollari) so‘m talab qilingan. B. va Q. yuqoridagi mablag‘ning 5 ming AQSh dollarini 17 noyabr kuni chamasi 19:00larda sanab olayotgan paytida huquq-tartibot organlari tomonidan gumondor sifatida qo‘lga olingan.

Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi pora bilan qo‘lga olingandi.

 

Mavzuga oid