O‘zbekiston | 12:18 / 25.11.2021
2633
2 daqiqa o‘qiladi

Camarqandda yaroqsiz dori vositalari va noqonuniy kirib kelgan tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

Foto: Getty Images

Camarqandda yaroqsiz dori vositalari va noqonuniy kirib kelgan tamaki mahsulotlari yo‘q qilingan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, MIB Samarqand shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, sudlar tomonidan taqdim qilingan, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning tegishli bandlariga asosan, sifati kafolatlanmagan va iste'molga yaroqsiz bo‘lgan dori-darmonlar hamda tibbiyot vositalarini yo‘q qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazilgan.               

Tadbirda viloyat bojxona, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi vakillari ishtirok etgan.

Samarqand “Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati omborxonasida saqlanayotgan, jinoyat ish materiallari bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida qayd etilgan 224 turdagi tibbiyot ukolli ampula dorilar, “Kleksan 4000 Anti XA/Me 0,4 ml”, “Kleksan 6000 Anti XA/Me 0,6 ml”, “Kleksan 8000 Anti XA/Me 0,8 ml”, nitrat kislota, glitserin va boshqa dori vositalari sifati kafolatlanmagani uchun qurilish chiqindilari poligonida tashkil etilgan kuydirish pechida yo‘q qilingan.

Shuningdek, tadbir davomida qiymati 25 million so‘m bo‘lgan noqonuniy kirib kelgan tamaki mahsulotlari ham yo‘q qilingan.

Mavzuga oid