O‘zbekiston | 12:08 / 01.12.2021
26010
1 daqiqa o‘qiladi

150 ming so‘mlik qulupnay

Asaka tumani "Otish" MFYda dehqon Rustam Musayev issiqxonada qulupnay yetishtirmoqda. U yetishtirgan qulupnaylarning kilosi 150-200 ming so‘mdan sotilmoqda.

3 sotix yerga ekilgan qulupnaylar 3-4 kunda bir terib olinadi. Bir terimda o‘rtacha 24-25 kilo qulupnay terib olib bozorga chiqariladi.

"Yil o‘n ikki oy hosil beradi. Qishda issiqlik bersa, hosil bo‘ladi, issiqlik bermasa bo‘lmaydi. Unaqa baland issiqlik kerak emas. Kitoblarda yozilgan 6 daraja issiqda pishadi. Pomidor va bodringga o‘xshab, 18-20 daraja issiqlik kerak emas. Odamlar kelib olib ketishyapti. To‘yga olishyapti. Sovuq oylarda 4-5 kilo bersa ham, 500-600 ming so‘m daromad bor" - deydi dehqon.

Sovuq kunlarda yetishtirilgan qulupnaydan dehqon yaxshigina daromad olmoqda.

Abduvali Qurbonov,
Tasvirchi Azizbek Ismoilov,
Montaj ustasi Boymirza Xalilov

Mavzuga oid