O‘zbekiston | 08:43 / 01.12.2021
2296
2 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Ermatov Xorazmda bo‘ldi

O‘FA birinchi vitse-prezidenti viloyatda futbol ommaviyligini oshirish va bolalar-o‘smirlar futbolini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.

Foto: O‘FA

Dastlab Ermatov viloyat hokimi Farhod Ermanov bilan uchrashib, «Xorazm» klubida amalga oshirish lozim bo‘lgan o‘zgarishlarni muhokama qildi. Jumladan, mashg‘ulotlar uchun qulay sharoitlarga, o‘z bazasi va maydonlariga, avtobusiga ega bo‘lishi orqali klubni professional darajaga olib chiqish mumkinligi ta'kidlandi.

Foto: O‘FA

Shundan keyin, O‘FA mutaxassislari viloyat futbol assotsiatsiyasi ish faoliyati, futbol infratuzilmasi va sharoitlar bilan tanishib chiqdilar. Xorazmda iste'dodli yoshlar ko‘p ekanligi, ularni to‘g‘ri yo‘naltirib, xalqaro standartlar asosida katta futbolga tayyorlash lozimligi, bu borada futbol akademiyalarining o‘rni muhim ekanligi qayd qilindi.

Ravshan Ermatov Urganch, Yangibozor, Gurlan, Xiva va Shovot tumanlarida bo‘lib, stadionlar, akademiya hamda sport maktablari qurilish-rekonstruksiya loyihalari bilan tanishdi. 

Foto: O‘FA

Mas'ullar bilan bo‘lgan suhbatda viloyatdagi professional futbol klublarining infratuzilmasini yaxshilash va maydonlarni standart holatga keltirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Voyaga yetayotgan yosh futbolchilar sifatli maydonlarda to‘p tepishi lozimligi ta'kidlandi.

Mavzuga oid