Samarqandda 15 tonna selitrani noqonuniy olib ketayotgan yuk mashinasi ushlandi
Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona postida tegishli hujjatlari bo‘lmagan holda 15 tonna selitra ortilgan yuk mashinasi ushlangan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Urgut tumani hududida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona postidan noqonuniy yuk ortib harakatlanayotgan mashina to‘xtatib qolingan.
Dastlabki tekshiruv davomida fuqaro A.X. boshqaruvida bo‘lgan DAF yuk mashinasida hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan jami 34,5 million so‘mlik, oq rangli 50 kg hajmli qoplarda 15 tonna ammiakli selitra borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024