O‘zbekiston | 14:17 / 16.12.2021
6168
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro davlat universitetining yigirma nafar pedagog-xodimlari Qozonda malaka oshirdi

Buxoro davlat universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining Qozon (Privoljye) federal universiteti hamkorligida “Zamonaviy universitet” dasturi bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil qilindi. Unda BuxDUning yigirma nafar pedagog va rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Foto: Buxoro davlat universiteti axborot xizmati

Buxoro davlat universiteti jamoasi 7-11 dekabr kunlari ushbu malaka oshirish kursining birinchi haftasini Qozon federal universitetida o‘tkazishdi. Bu vaqt davomida Qozon federal universiteti yetakchi professor-o‘qituvchilari va ma’muriyat rahbarlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar o‘tib berishdi.

Foto: Buxoro davlat universiteti axborot xizmati
Foto: Buxoro davlat universiteti axborot xizmati

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga jahonda ta’limning rivojlanishida zamonaviy tendensiyalar, oliy ta’lim tizimining rivojlanishiga ta’sir qilayotgan omillar, mavjud muammolar, Rossiya va rivojlangan davlatlar ta’lim tizimining rivojlanishidagi asosiy yo‘nalishlar, raqamli universitet masalalari, zamonaviy universitet modellari, ularni boshqarish, strategik rivojlantirish, moliyalashtirish, kadrlar siyosati, OTMlarning xalqaro reytinglarda namoyon bo‘lish imkoniyatlari, zamonaviy tadqiqot universitetlarini shakllantirish kabi yigirmaga yaqin yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Foto: Buxoro davlat universiteti axborot xizmati

O‘quv mashg‘ulotlari bilan birgalikda, kunning ikkinchi yarmida tinglovchilar QFUning kampuslari, moddiy texnik bazasi, strukturaviy tuzilishi, institut tarkibiy tuzilmalarining funksional vazifalari, muzey va laboratoriyalar bilan tanishdilar.

Foto: Buxoro davlat universiteti axborot xizmati

Buxoro davlat universiteti delegatsiyasi o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha QFUning tarkibiy tuzilmalarida bo‘lib, mazkur tarkibiy bo‘linmalar ma’muriyati bilan hamkorlik o‘rnatish, mavjud hamkorlikni turli yo‘nalishlarda rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.

Bir so‘z bilan aytganda, “Zamonaviy universitet” dasturi ikki oliy o‘quv yurti jamoasi uchun ham foydali bo‘lib, yaxshi tajribalarni o‘zlashtirish imkoniyatini berdi.

 

Buxoro davlat universiteti axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid