Tanqiddan so‘ng: Chust hokimligi xizmat avtomobillari jarima maydoniga joylashtirildi
YHXB hokimlik ixtiyoridagi avtomobillarni jarima maydoniga joylashtirgan.
Namangan viloyati IIB YHXB Chust tumani hokimligi xizmat avtomobillarining jarimalardan qarzdorliklari yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, davlat raqam belgisi:
- 50 066 DAV (avvalgi raqami 50 234 NAA) bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina bilan sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun belgilangan 17 ta jarimalar umumiy summasi 7 mln 626 ming so‘mni;
- 50 068 DAV (avvalgi raqami 234 TAA) bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashina bilan sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun belgilangan 15 ta jarimalar summasi 5 mln 302 ming so‘mni;
- 50 234 MBA bo‘lgan Trailblazer rusumli avtomashina bilan sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun belgilangan 10ta jarima summasi 7 mln 775 ming so‘mni tashkil etishi aniqlangan.
Shuningdek, avtomobillar MJtKning 291-moddasi 3-qismiga ko‘ra qarzdorlik to‘la undirilgunga qadar jarima maydoniga joylashtirilgani ma’lum qilindi.
Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz’ga qo‘shimcha qilishicha, hokimlik xizmat avtomobillari jarima maydoniga kiritilishi oqibatida jarimalardan qarzdorliklar to‘laligicha uzilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz surishtiruvida Chust tumani hokimligi rahbarlariga qarashli xizmat mashinalarida sodir etilgan, lekin jarimasi to‘lanmagan qoidabuzarliklar soni 30dan oshib ketgani haqida so‘z yuritilgan edi.
Mavzuga oid
11:26
Tuman va shaharlar hokimliklariga qo‘shimcha ma’muriy vakolatlar beriladi
14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?
20:18 / 30.11.2024
Energetika sohasidagi sustkashlik uchun 14 nafar hokimga hayfsan berildi
21:48 / 26.10.2024