Ekspert Lukashenkoning O‘zbekiston va “Qozog‘iston ssenariysi” to‘g‘risidagi so‘zlariga baho berdi
Avvalroq Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonni Qozog‘istondagi voqealardan “saboq chiqarish”ga chaqirgandi.
O‘zbekistondagi holat Qozog‘istondagidan tubdan farq qiladi, O‘zbekiston hududida vaziyat beqarorlashishi uchun hech qanday asos yo‘q.
Rossiya Fanlar akademiyasi jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining possovet tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi Stanislav Pritchin Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga izoh berarkan, ana shunday fikrni aytdi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXShT sammitida chiqishi davomida qo‘shni mamlakatlar Qozog‘istondagi noroziliklardan xulosa chiqarishi kerakligini aytgandi.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bu vaziyatga alohida e’tibor qaratishi kerak. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu gapni aytishga imkon beruvchi tezkor ma’lumot mavjud.
"Global miqyosda gapirilsa, vaziyatni beqarorlashtirish uchun har doim imkoniyat bo‘ladi. Ammo O‘zbekistondagi hozirgi holatni taqqoslaydigan bo‘lsak, bu yerdagi vaziyat Qozog‘istondagidan tubdan farq qiladi: bu yerda Qozog‘istondagi fojiali voqealar arafasida bo‘lgani kabi hech qanday siyosiy bo‘linish yo‘q", — dedi Pritchin.
Ekspertning izoh berishicha, O‘zbekistonda vaziyat barqaror: barcha qarorlar jamoatchilik fikri bilan bo‘lmasa-da, aholi turmush darajasiga muvofiq, voqelikdan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
"Umuman olganda, beqarorlik kelib chiqishi uchun jiddiy asoslar yo‘q", — deb ta’kidladi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Chimkentda ham tartibsizliklar yuz berdi, u Toshkentdan 100 kilometr masofada joylashgan. Shuning uchun qo‘shni Qozog‘istondagi namoyishlarda ma’lum bir darajada o‘zbek fuqarolari ham qatnashgan bo‘lishi mumkin.
"Ya’ni bu bevosita emas, ammo Qozog‘iston janubida ko‘p sonli o‘zbek fuqarolari ishlashi hisobga olinsa, ayrim shaxslar tartibsizliklarda qatnashgan bo‘lishi mumkin. Mintaqada o‘zaro uzviylik bor. Lekin O‘zbekistonda vaziyatni beqarorlashtirish uchun hech qanday fundamental sabab yo‘q", — dedi Pritchin.
Mavzuga oid
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
18:53 / 10.12.2024
Lukashenko: Belarusda o‘nlab yadroviy kallaklar bor
02:18 / 07.12.2024
Putin va Lukashenko xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
16:33 / 25.11.2024