O‘zbekiston | 14:21 / 10.01.2022
2890
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda urgutlik erkak 50 gramm opiy bilan ushlandi

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqand viloyati Toyloq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumanida yashovchi shaxs yonida 49,87 gramm opiy giyohvand moddasini olib ketayotganda ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 8 yanvar kuni Toyloq tumani DXX va IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda tumanning Charog‘bon mahallasi hududidan o‘tuvchi Samarqand-Urgut avtomobil yo‘lida, Urgut tumani Mirzabog‘lon-Chep mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro M.A.ning yoni ko‘zdan kechirilganda cho‘ntagidan 49,87 gramm opiy giyohvandlik moddasi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid