KXShT kuchlari olib chiqilishi 13 yanvar kuni boshlanadi - To‘qayev
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonga 2030 nafar harbiy va 250 dona texnika kiritilgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) kuchlari 13 yanvar kuni mamlakatdan chiqib keta boshlashini ma’lum qildi.
"Ertaga KXShT tinchlikparvar kontingentining tashkillashtirilgan tarzda chiqib ketishi boshlanadi", - dedi u.
To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, u bu borada KXShTga a’zo davlatlar rahbarlari bilan muloqot qilgan.
"Imkoniyatdan foydalanib, bir necha kun davomida amalga oshirilgan ishlar uchun kontingent qo‘mondonligiga minnatdorlik bildiraman. KXShT missiyasi muvaffaqiyatli deb baholanmoqda. Hamkasblarim – davlat rahbarlariga yana bir bor minnatdorlik bildiraman", - dedi u.
Qozog‘istonda ommaviy norozilik namoyishlari tartibsizliklarga aylanib ketganidan so‘ng To‘qayev KXShTga tinchlikparvar kuchlar kiritilishini so‘rab murojaat qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonga 2030 nafar tinchlikparvar kuchlari xizmatchilari va 250 dona texnika kiritilgan.
Mavzuga oid
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
09:23 / 05.12.2024
Pashinyan: Armaniston KXShT bilan munosabatlarda hal qiluvchi nuqtadan o‘tdi
15:50 / 04.11.2024
KXShT bosh kotibi: Dunyoda kuchayib borayotgan chaqiriq va tahdidlarga davlatlar yakka o‘zi tura olmaydi
15:00 / 19.10.2024