Jahon | 18:04 / 13.01.2022
45859
1 daqiqa o‘qiladi

«Achchiq saboq»: Nazarboyevning qizi Qozog‘istondagi voqealar bo‘yicha fikr bildirdi

Aliya Nazarboyeva halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik hamda o‘zini va otasini qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorlik bildirdi.

Foto: REUTERS/Shamil Zhumatov

Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Aliya mamlakatdagi voqealarga ilk bor izoh berdi.

«Mamlakatimizdagi fojiali voqealardan qalbim larzada. Qurbonlar va halok bo‘lganlar uchun og‘riq va taassuflarimni bildirishga so‘z topolmayapman», — deb yozdi u.

«Bu achchiq saboq tariximizdagi eng so‘nggisi bo‘lsin», — deb ta’kidladi Aliya Nazarboyeva.

U halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik hamda o‘zini va otasini qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorlik bildirdi.

Aliyaning otasi Nursulton Nazarboyev omma oldida ko‘rinish bermayapti. 8 yanvar kuni uning matbuot kotibi Nazarboyev Nur-Sultonda ekanini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid