Andijon shahrida xorijiy davlatga ishga yubormoqchi bo‘lgan MChJ rahbari ushlandi
Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan “L.H.” MChJ rahbari bir necha fuqaroni chet elga yuborishini aytib, pul talab qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan “L.H.” MChJ rahbari A.T. fuqaro R.dan uni Polsha davlatiga yuk tashish avtomashina haydovchiligi vazifasiga ishlash uchun tanishlari orqali ishga yuborishni 3 500 AQSh dollariga kelishib, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, MChJ rahbari A.T. muqaddam fuqaro M.X. va boshqalarni xorijiy davlatlarga ishga yuborishga ishontirib, ularning jami 4 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:15 / 11.01.2025
Andijonda maktab o‘qituvchisidan farzandiga baho qo‘yishni talab qilgan ota-ona jarimaga tortildi
22:39 / 07.01.2025
Andijonda 518 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan choyxona aniqlandi
08:14 / 07.01.2025
Andijondagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi
01:01 / 06.01.2025