O‘zbekiston | 19:47 / 27.01.2022
4046
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahrida 50 gektarlik “Yangi O‘zbekiston bog‘i” barpo etilmoqda

Foto: ECO news Samarkand

Samarqand shahrining Qorasuv massivida 50 gektar yerda Yangi O‘zbekiston bog‘i barpo etilmoqda. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat inspeksiyasi tomonidan shaharning Qorasuv massivida barpo etilayotgan ''Yangi O‘zbekiston bog‘i''da olib borilayotgan ishlar o‘rganib chiqilgan.

Foto: ECO news Samarkand

O‘rganish davomida aniqlanishicha, ''Agromir Bulding'' MChJ tomonidan yangi barpo qilinayotgan bog‘da o‘tqazish uchun Turkiya davlatidan 8000 tup har xil turdagi manzarali daraxtlar olib kelingan.

Foto: ECO news Samarkand

Bog‘dagi daraxtlarni sug‘orish tizimi bo‘yicha 4 ta yer osti qudug‘i qazilgan. Shuningdek, yangi ekilayotgan daraxtlarni parvarishlash uchun Turkiya davlatidan bog‘bonlar guruhi ham jalb qilingan.

Foto: ECO news Samarkand

Qayd etilishicha, hozirda tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida ishlar davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid